Dubayning Dubai Gold District savdo hududida 24 karatli oltindan yo‘lak barpo etiladi. U dunyodagi birinchi oltin yo‘lak bo‘lishi kutilmoqda.
Emirates 24/7 portali xabar berishicha, bu haqda hududning tijorat yo‘nalishi bo‘yicha katta direktori Rashid Al-Harmuudi ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lak 2026 yil oxiriga qadar qurib bitkaziladi va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun ochiq bo‘ladi.
Al-Harmuudining ta’kidlashicha, mazkur loyiha Dubayning sayyohlik maskani va jahon oltin savdosi markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, ushbu hududda Yaqin Sharqdagi oltin va zargarlik buyumlari savdosiga bag‘ishlangan eng yirik ko‘rgazma ham tashkil etiladi.