Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

“Dovut ota” postidan Qozog‘istonga o‘tish va qaytishga qo‘yilgan cheklov yil oxirigacha uzaytirildi

“Dovut ota” postidan Qozog‘istonga o‘tish va qaytishga qo‘yilgan cheklov yil oxirigacha uzaytirildi

Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasining ma’lum qilishicha, “Tajen” (O‘zbekiston Respublikasining “Dovut-ota” chegara bojxona postiga tutash) chegara o‘tkazish punkti orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnandan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati bo‘yicha joriy yil 1 fevral sanasidan kiritilgan cheklovlar 2025 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirildi.

Cheklov muddatining uzaytirilishi mazkur o‘tkazish punktlarida ikkinchi bosqich qurilish ishlari, xususan, ma’muriy binolarda kapital ta’mirlash hamda yo‘l qoplamalarida betonlash ishlari olib borilayotganligi sababli Qozog‘iston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy etilmoqda.

Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnandan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari “Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovut ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti orqali harakatni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun "Qoraqalpog‘iston" temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali “Nukus-Beyneu” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilganligini ma’lum qilamiz,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:30 03.09.2025. O'qildi: 956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!