Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali realizasiya qilish tartibi belgilandi. Bu 27 yanvar kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizasiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom bilan tasdiqlandi.
Nizom lisenziya asosida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Dorixonalardan giyohvandlik vositalarini jismoniy shaxslarga shifokor resepti asosida realizasiya qilish (berish) quyidagi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi:
dorixona mudiri;
farmasevt (provizor);
dorixona farmasevti assistenti.
Giyohvandlik vositalari maxsus pushti resept blanka asosida beriladi.
Davolash-profilaktika muassasalariga giyohvandlik vositalari uchun zarur bo‘lgan resept blankalari Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi.
Bir dona resept blankasida shifokor tomonidan faqat bitta nomdagi giyohvandlik vositasi miqdori yetti kunlik ehtiyojdan oshirilmagan holda yozilishi kerak