Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

“Dorian” to‘foni: Qurbonlar soni ortib boryapti

“Dorian” to‘foni: Qurbonlar soni ortib boryapti

“Dorian” to‘foni oqibatida Bagam orollaridagi qurbonlar soni 50 nafarga yetdi. Bu haqda ABC nashri xabar qildi.  

Abakoda 42 kishi, Bagamada esa 8

Polisiyaning ta’kidlashicha,  Abako orolida 42 kishi, 8 nafari esa Bagam orolida halok bo‘lgan.

“Yo‘qolgan deb taxmin qilingan odamlar hali ko‘p, chunki “Dorian” to‘fonidan beri hech qanday daragi bo‘lmagan shaxslar bor. Biz oila a’zolaridan bedarak yo‘qolgan shaxslarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni polisiyaga topshirishlarini so‘raymiz”, dedi Bagama polisiyasi vakili Entoni Ferguson.

Asosiy muammo bu – suv va oziq-ovqat

Bagama va Abako orolida 76 ming kishi boshpanasiz va yordamga muhtoj. Bagamaning favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiylarining ta’kidlashicha, oziq-ovqat taqsimoti “muammo” bo‘lib, orollarning ba’zi joylaridagi ichimlik suvi gigiyenaga to‘g‘ri kelmaydi.

Oldinroq, kuchli dovul tufayli 44 kishi halok bo‘lganligi va “ko‘p sonli xavfsizlik kuchlari” qidiruv-qutqaruv ishlariga jalb qilinganligi haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 08:00 11.09.2019. O'qildi: 1546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!