Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Donald Tramp Mayamida bo‘lib o‘tgan UFC janglarini bevosita oktagon qarshisida tomosha qildi — Bild

Donald Tramp Mayamida bo‘lib o‘tgan UFC janglarini bevosita oktagon qarshisida tomosha qildi — Bild

12 aprel oqshomida bo‘lib o‘tgan jangni tomosha qilishda Qo‘shma Shtatlar prezidentiga uning nabiralari Kay, Donald J. Tramp III va Tristan, shuningdek, UFC prezidenti Dana Uayt, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va Ilon Mask ham hamrohlik qildi.

Tramp avstraliyalik Aleksandr Volkanovski va braziliyalik Diyego Lopes o‘rtasidagi yarim yengil vazn toifasidagi chempionlik jangini tomosha qildi.

Donald Tramp uzoq yillardan beri UFC bilan yaqin aloqada bo‘lib kelgan va doimiy ravishda uning tadbirlarida ishtirok etib keladi. O‘z navbatida, UFC rahbari Dana Uayt AQSh prezidentining ashaddiy tarafdori hisoblanadi. 2000-yillar boshida Tramp Atlantik-Sitidagi Taj Mahal kazinosida janglar tashkil qilgan. O‘sha paytda respublikachi senator Jon Makkeyn ushbu sport turini taqiqlashga urinayotgan edi.

Kiritildi: 19:57 13.04.2025. O'qildi: 993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!