AQSh Prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Sharqiy sohil vaqti bilan soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan payshanba tongi soat 06:00 da) «Eron bo‘yicha muhim ma’lumotlarni taqdim etish uchun xalqqa murojaat bilan chiqish qiladi». Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
The Associated Press nashrining qayd etishicha, Livittning ushbu xabari Tramp seshanba kuni kechqurun Oq uyda jurnalistlarga amerikalik harbiylar Eronni «ikki-uch hafta ichida» tark etishi mumkinligini aytganidan ko‘p o‘tmay paydo bo‘ldi.