Bugun 12 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Doimiy uyqu kelishi ayrim kasalliklardan darak beradi

Doimiy uyqu kelishi ayrim kasalliklardan darak beradi

Kunduzgi uyquchanlik har doim ham charchoqdan kelib chiqmaydi, ba’zida u kasalliklar va patologiyalardan darak berishi mumkin.

Masalan, bunday holatga anemiya sabab bo‘lishi mumkin. Anemiyada uyquchanlik bilan bir qatorda taxikardiya va teri oqarishi ham kuzatiladi. Shuningdek, qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi - gipotireoz tufayli ham uyqu tortishi mumkin. Bu kasallik odatda vazn ortishi bilan birga davom etib boradi.

Arterial gipotoniyali bemorlarning ham doim uyqusi keladi, deydi Palatkina. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu jismoniy zo‘riqishga chidamlilikning pasayganligidan dalolat beradi

Doimiy uyquchanlik tashxislari orasida obstruktiv uyqu apnoesi sindromi, shuningdek, miya qon aylanishining buzilishi – insult ham bor.

Kunduzgi uyquchanlikning eng oddiy sababi uyqu gigiyenasining buzilishi bo‘lishi ham mumkin, deydi shifokor.

"Bu holatda muammoga qarshi kurashish uchun rejimni normallashtirish, tungi dam olishdan ikki soat oldin televizor ko‘rish yoki smartfondan foydalanishdan voz kechish, uyqu oldidan og‘ir kechki ovqat tanavvul va spirtli ichimliklarni istisno qilish kifoya," - deya xulosa qildi mutaxassis.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 1245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!