Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dog‘istonda saqlanayotgan 24 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Dog‘istonda saqlanayotgan 24 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston diplomatlari vatandoshlar murojaatlarini o‘rganish va mintaqaning vakolatli idoralari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Dog‘istonga tashrif buyurgan.

Tashrif davomida Rossiya Ichki ishlar vazirligining Dog‘iston Respublikasi bo‘yicha Migrasiya masalalari boshqarmasi, Mahachqal’a shahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi rahbariyati hamda tegishli idoralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralarda O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tezkor axborot almashish mexanizmlarini takomillashtirish va ma’muriy huquqbuzarliklar uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan fuqarolarni vatanga qaytarish tartibini tezlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Rostov-Don shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi bilan doimiy hamkorlik qilish uchun mas’ul xodim biriktirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Diplomatlar Mahachqal’adagi vaqtincha saqlash markazida sayyor konsullik qabullarini ham o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbatlar tashkil qilinib, ularning murojaat va muammolari o‘rganildi hamda zarur konsullik-huquqiy ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuvlar yakunida amaldagi qonunchilik doirasida 24 nafar O‘zbekiston fuqarosini vatanga qaytarish jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!