Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Dog‘istonda sambo bo‘yicha Rossiya chempionati sovrindori otib o‘ldirildi

Dog‘istonda sambo bo‘yicha Rossiya chempionati sovrindori otib o‘ldirildi

Dog‘istonda sambo bo‘yicha Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori, 31 yoshli Magomed Davudov otib o‘ldirildi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, hodisa "Marrakesh" tantanalar zali yaqinida sodir bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, Davudov tadbirda ishtirok etgan va binodan tashqariga chiqqanidan so‘ng unga qora rangli Toyota Camry avtomobilidan o‘q uzilgan.

O‘qlardan biri sportchining boshiga tekkan. Og‘ir yaralangan Davudov shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Hujumni sodir etgan shaxslar voqea joyidan qochib ketgan. Ular foydalangan avtomobil qidiruvga berilgan.

Ma’lumot uchun, Magomed Davudov Rossiya sport ustasi unvoniga ega bo‘lgan.

U 2016 yilda dzyudo bo‘yicha Yevropa kubogi g‘olibi, 2023 yilda esa sambo bo‘yicha Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori bo‘lgan.

Kiritildi: 23:51 14.11.2026. O'qildi: 304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik