Jo Baydenning butun siyosiy faoliyati davomida Delaver shtati senatoriligidan tortib AQSh prezidentligigacha — Djill Bayden erini qo‘llab-quvvatlab kelgan va Oq uyda bo‘lgan davrida uning eng nufuzli maslahatchilaridan biri hisoblangan.
Ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, yakunda Baydenni 2024 yilgi prezidentlik poygasidan voz kechishga ko‘ndirgan asosiy shaxslardan biri aynan Djill Bayden bo‘lgan.
O‘sha paytda Baydenning shtabi u o‘z nomzodini qaytarib olmoqchi emasligini va Donald Tramp bilan yana debatlarda qatnashishga tayyorligini da’vo qilgan edi. Ikkinchi muddatga da’vogarlik qilgan har ikki siyosatchi o‘sha debatlar davomida immigrasiya, iqtisodiyot va abort huquqlari bo‘yicha bahslashgan edilar.
O‘sha vaqtla Baydenning ovozi bo‘g‘iq edi, uning jamoasi buni kasallik bilan izohlagan va bahsning bir vaqtida u fikrini yo‘qotib qo‘ygandek tuyulgan edi, deyiladi xabarlarda.