Qozog‘istonning Aqtau shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan «Aktau Asian Open 2026» xalqaro turniri O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Ikki kun davom etgan musobaqada hamyurtlarimiz jami 13 ta medal — 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, oltin medalga sazovor bo‘lgan sportchilarimiz jahon reytingidagi hisobini 100 ochkoga boyitdi.
Oltin medal sohiblari:
48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva
52 kg: Diyora Keldiyorova
73 kg: Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov
100 kg: Mirjalol Normo‘minov
+100 kg: Muhammadali Tangriyev
Kumush medal sohiblari:
78 kg: Shinar Ibrayeva
90 kg: Ramazon Allaberdiyev
Bronza medal sohiblari:
48 kg: Halimajon Qurbonova
57 kg: Muhayyo Ahmatova
63 kg: Sarvinoz Husanova
70 kg: Farangiz Hojiyeva
90 kg: Azizbek Avazmurodov
90 kg: Sultonbek Abdushukurov