Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Direktor obunadan tushgan mablag‘larni o‘g‘liga o‘tkazdi, yana bir rahbar xotinining nomiga uy oldi

Direktor obunadan tushgan mablag‘larni o‘g‘liga o‘tkazdi, yana bir rahbar xotinining nomiga uy oldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “Matbuot tarqatuvchi” AK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi.

Tekshirishda “Matbuot tarqatuvchi” AK Xorazm viloyati sho‘’ba korxonasi direktori O.K. 2017-2018 yillarda obunachilar tomonidan to‘langan 1,3 mlrd. so‘m pul mablag‘laridan 562,3 mln. so‘mini o‘g‘li A.K. va qarindoshi S.SH.ga qarashli “U.Z.” MCHJga o‘tkazib talon-toroj qilganligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu pul mablag‘lari evaziga “Kaptiva”, “Lasetti”, “Neksiya” rusumli avtomashinalarni hamda sho‘’ba korxona negizida tashkil etilgan Hazorasp bosmaxonasi balansida bo‘lgan haqiqiy bahosi 750,0 mln. so‘mlik bino va inshootlarni 16,7 mln. so‘mga sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida yetkazilgan zarardan 562,0 mln. so‘mi undirilishi ta’minlangan.

Xuddi shunday, “Matbuot tarqatuvchi” AK Xonqa filiali rahbari M.R. ham 2018 yilda obunachilar tomonidan to‘langan 365,5 mln. so‘m pul mablag‘laridan 214,0 mln. so‘mini qarindoshi SH.A.ga tegishli bo‘lgan “A.S.” XKga o‘tkazib talon-toroj qilib, ushbu pul mablag‘lari evaziga Urganch shahridan turmush o‘rtog‘i A.A. nomiga uy sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O.K. va M.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:25 21.05.2019. O'qildi: 2323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!