✅ Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellyasiya arizalarini qabul qilish boshlandi. (https://t.me/BaholashUz/8013)
📆 Apellyasiya arizalari 24 avgustga qadar my.uzbmb.uz (https://my.uzbmb.uz/transfer-apel-create) sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.
📌 Talabgor apellyasiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
🔖 Apellyasiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
‼️ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi lozim.