Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Diniy-ma’rifiy davriy nashrlarni chop etish bo‘yicha tender e’lon qilinadi

A A A
Diniy-ma’rifiy davriy nashrlarni chop etish bo‘yicha tender e’lon qilinadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Movarounnahr nashriyoti bugungi kunda yurtimiz musulmonlari e’tiboriga har yili 2 milliondan ortiq adaddagi gazeta va jurnal mahsulotlarini taqdim etib kelmoqda. Yurtimiz va jahonda yuz berayotgan xabar va yangiliklar, diniy hamda ma’rifiy mavzudagi maqolalar fuqarolarimiz tomonidan sevib mutolaa qilinmoqda.

2019 yilda Movarounnahr nashriyoti faoliyatini tubdan rivojlantirish, zamonaviy talablarga mos keladigan texnologiyalar asosida chop etishni ta’minlash maqsadida nashriyot tomonidan tadbirkorlar o‘rtasida tender loyihasini e’lon qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining nashrlari - Hidoyat va Mo‘minalar jurnallari hamda Islom nuri gazetasini 2019 yilda jahon standartlariga muvofiq, zamonaviy usulda arzon va sifatli chop etish imkoniyatiga ega bo‘lgan bosmaxonalarni hamkorlik qilishga taklif etadi.

Tender 2019 yil 10 yanvar kuni soat 10:00 da Movarounnahr nashriyotida o‘tkaziladi. Tenderda ishtirok etishni istagan tomonlar quyidagi telefon raqamlari bilan bog‘lanishlari talab etiladi.

Murojaat uchun telefon: +99871-227-34-30; +99871-240-08-23

Tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:


1. Hidoyat jurnali.
Bichimi 60x84 1/8;
Muqovasi Mel. (150 gr), 4+4;
Hajmi 32 bet;
Matn ofset qog‘oz (70 gr),4+4.
Adadi 100 000 (bir yuz ming) dona.
Chop etish muddati 5 (besh) kun.
Eslatma: Jurnal har oyda 100 000 (bir yuz ming), bir yilda jami 1200 000 (bir million ikki yuz ming ) nusxada chop etiladi.

2. Mo‘minalar jurnali.
Bichimi 60x84 1/8;
Muqovasi Mel. (130-150 gr), 4+4;
Hajmi 32 bet;
Matn ofset qog‘oz (70 gr),4+4.
Adadi 50 000 (ellik ming) dona.
Chop etish muddati 5 (besh) kun.

Eslatma: Jurnal har chorakda 50 000 (ellik ming), bir yilda jami 200 000 (ikki yuz ming ) nusxada chop etiladi.

3. Islom nuri gazetasi
Bichimi 60x84 1/8;
Hajmi 16 bet;
Matn 4+4, ofset qog‘oz (65-70 gr,);
Adadi 40 000 (qirq ming) dona.
Chop etish muddati 3 (uch) kun.

Eslatma: Gazeta har oyda 2 marta 40 000 (qirq ming), bir yilda jami 960 000 (to‘qqiz yuz oltmish ming ) nusxada chop etiladi.

Manba: muslim. uz

Kiritildi: 23:41 07.01.2019. O'qildi: 2225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!