Prezident farmoni bilan Dilnozaxon Kattaxonova bosh vazirning o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Zulayxo Mahkamova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bosh vazirning o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.