Grenlandiya Bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen Qo‘shma Shtatlar orolni ola olmaydi, dedi.
Bosh vazir o‘zining Facebookdagi sahifasi orqali AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani AQShga qo‘shib olish niyatiga izoh berdi.
"Tramp AQSh Grenlandiyani olaman, dedi. Aniq aytsam, AQSh buni ola olmaydi. Biz boshqalarnikimiz emasmiz. Biz kelajagimizni o‘zimiz hal qilamiz. Bu kecha sodir bo‘ldi. Bugun ham shunday. Shunday bo‘ladi", deb yozadi siyosatchi.
Nilsen Grenlandiya xalqi Amerika prezidentining bunday bayonotlaridan qo‘rqmasligi kerakligini ta’kidladi.
Avvalroq Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida Grenlandiya albatta amerikalik bo‘lishini aytgan edi.