Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Didye Drogba Rossiyada o‘ynaydi

Didye Drogba Rossiyada o‘ynaydi

SSKA UYEFA kubogini qo‘lga kiritganining 20 yilligi munosabati bilan Yevropa klublari afsonalari terma jamoasiga qarshi o‘yin tayyorlamoqda. Ushbu o‘yinda o‘tmishda mashhur bo‘lgan futbolchi Didye Drogba ishtirok etadi. "Harbiylar" matbuot xizmati ivuarlik futbolchining ushbu o‘ziga xos o‘yinga kelishini e’lon qildi.

"Uning telefon raqamini bizga Yuriy Jirkov lutfan ulashdi," - deyiladi SSKA nashrida.

Xabaringiz bor, Yuriy Jirkov futbolchilik faoliyati davomida ikki yil davomida (2009-2011) "Chelsi" sharafini himoya qilgan.

SSKA afsonalari jamoasining Yevropa klublari terma jamoasiga qarshi o‘yini 18 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, SSKA 2005 yil 18 may kuni finalda Lissabonning "Sporting" klubini mag‘lub etib, UYEFA kubogini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 17:49 14.05.2025. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!