Anxel Di Mariya Lionel Messini Krishtianu Ronaldudan yaxshiroq deb hisoblashi sababini tushuntirdi.
«Ronaldu o‘zini tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekanligini aytdi? Men u bilan 4 yil davomida «Real»da o‘ynaganman. U har doim shunday edi, doim shunday bayonotlar berardi, doim eng yaxshi bo‘lishga harakat qildi. Ammo u shunchaki noto‘g‘ri vaqtda — o‘zi uchun omadsiz davrda tug‘ilgan, chunki sehrli tayoqchasi bo‘lgan boshqa futbolchi bor.
Raqamlar haqiqatni aks ettiradi. 8 ta «Oltin to‘p» 5 tadan ko‘proq. Juda katta farq bor. Jahon chempioni bo‘lish, Amerika Kubogining ikki karra g‘olibiga aylanish yana bir katta farqdir. Ko‘p farqlar mavjud.
Hamma aytadi: «Ha, Messining maydonda nima qilishi tushunarli». Xo‘sh, unda oldiga boring va to‘pni olib qo‘ying-chi. U 40 yoshga yaqinlashmoqda va hali ham tiki-taka o‘ynaydi.
Krishtianu doim shunday bayonotlar beradi. Ammo men uchun Leo — dunyodagi va tarixdagi eng yaxshisi, shubhasiz», — dedi «Benfika»ning argentinalik yarimhimoyachisi.