Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Deputat Toshkent metrosidagi odamlar tirbandligi muammosini ko‘tardi

Deputat Toshkent metrosidagi odamlar tirbandligi muammosini ko‘tardi

Deputat Toshkent metrosidagi odamlar tirbandligi muammosini ko‘tardi.

Qonunchilik palatasi deputati Javlon Abdullayevga ko‘ra, ertalab va kechqurun “chas-pik” paytida Chilonzor, Paxtakor, Beruniy kabi bekatlarda odamlar to‘planishi odatiy holga aylangan.

Ko‘p yo‘lovchilar vagonga chiqa olmayapti, ba’zilari 7–8 ta poyezdni o‘tkazib yuborishga majbur. Ayniqsa, 07:30–09:00 oralig‘ida poyezdlar orasidagi interval 8–10 daqiqagacha cho‘zilmoqda, bu esa ish va o‘qishga shoshayotganlar uchun katta noqulaylik tug‘dirmoqda.

Abdullayevning ta’kidlashicha, hozirgi harakat jadvali real yo‘lovchi oqimiga mos emas va bu transport tizimiga bo‘lgan ishonchni susaytirmoqda.

U masalaga tizimli yondashuv kerakligini ta’kidlab, yangi poyezdlar olib kelish va jadvalni qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi.

Kiritildi: 18:18 23.04.2025. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!