Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Deport bo‘lganlar 2 yil "qizil pasport" ololmaydi

Deport bo‘lganlar 2 yil "qizil pasport" ololmaydi

Hukumat qaroriga ko‘ra:

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Migrasiya agentligi tomonidan xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportasiya qilingan, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro nufuziga va obro‘-e’tiboriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan fuqarolarga doir ma’lumotlar Migrasiya jarayonlariga doir ma’lumotlarning yagona elektron bazasi orqali yuritiladi.

Hujjat bilan readmissiya qilingan fuqarolarga ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilmaydi.

Bunda readmissiya qilingan fuqarolarga chet elga chiqishi uchun biometrik pasporti rasmiylashtirib beriladigan istisno holatlar IIV tomonidan belgilanadi.

Kiritildi: 09:33 14.08.2025. O'qildi: 1392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!