Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Denverda bortida 172 yo‘lovchi bo‘lgan American Airlines samolyoti yonib ketdi

Denverda bortida 172 yo‘lovchi bo‘lgan American Airlines samolyoti yonib ketdi

13 mart kuni kechqurun Denver xalqaro aeroportida American Airlines aviakompaniyasining 172 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyoti yonib ketdi, deya xabar beradi Fox News.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar samolyot qanoti orqali evakuasiya qilingan. Jabrlanganlar va yong‘in sabablari haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Denver xalqaro aeroporti o‘z navbatida reysning barcha yo‘lovchilari evakuasiya qilinganini, hech kim jabrlanmaganini ma’lum qildi.

172 nafar yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi qo‘ndi va terminalga yo‘l oldi. Biz ekipaj a’zolarimiz, DEN jamoasi va qutqaruvchilarimizga tezkor va qat’iy harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz, chunki bortdagi va yerdagi barchaning xavfsizligi ustuvor ahamiyatga ega, deyiladi aviakompaniya xabarida

Kiritildi: 10:47 14.03.2025. O'qildi: 836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!