Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Denver aeroportida samolyot yonishi oqibatida 12 kishi jarohat oldi

Denver aeroportida samolyot yonishi oqibatida 12 kishi jarohat oldi

Kolorado shtatidagi Denver xalqaro aeroportida Boeing 737 bortida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 12 kishi shifoxonalarga yetkazildi.

Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, payshanba oqshomida American Airlines aviakompaniyasi samolyoti Denver aeroportida tutab ketgan va keyinchalik u yong‘inga aylangan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan kadrlarda yo‘lovchilar shoshib samolyotni tark etgani, ba’zilari esa qanotga chiqib ketayotganini ko‘rish mumkin. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inga samolyot yoqilg‘isi yonishi sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 11:04 14.03.2025. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!