Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Dehlida iflos havo sabab 200 mingta o‘tkir respirator kasallik qayd etildi

Dehlida iflos havo sabab 200 mingta o‘tkir respirator kasallik qayd etildi

Hindiston poytaxtida iflos havo sabab 3 yilda 200 mingta o‘tkir respirator kasallik qayd etildi,

Hindiston poytaxti Dehlidagi oltita davlat kasalxonasida 2022—2024-yillar oralig‘ida 200 mingdan ortiq o‘tkir respirator kasallik (O‘RK) holatlari qayd etildi. Bunga butun mamlakat bo‘ylab havo ifloslanishi darajasining oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Hindiston hukumatiga tayanib BBC xabar berdi.

Hukumatning parlament yig‘ilishida ma’lum qilishicha, mazkur uch yil davomida 30 mingdan ziyod odam nafas yo‘llari kasalliklariga chalinib, kasalxonalarga yotqizilgan. Dehli va uning atroflarida zaharli havo, ayniqsa, qish oylarida takrorlanuvchi muammo bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 23:03 03.12.2025. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!