Ayni vaqtda A Seriyaning “Fiorentina” jamoasida to‘p tepayotgan ispaniyalik darvozabon David de Xea Turkiya Superligasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 34 yoshli darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olishga Istanbulning "Fenerbaxche" klubi qiziqmoqda. De Xea turk grandi safiga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin, chunki uning "binafsharanglar" bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida David Florensiya jamoasi safida 33 ta o‘yin o‘tkazdi. U o‘z darvozasidan 34 ta gol o‘tkazib yubordi.