"Fiorentina" posboni David De Xea "Real"ga nima uchun o‘tmagani haqidagi savolga javob berishdan qochdi.
- Sizningcha, "Real Madrid" darvozaboni bo‘la olarmidingiz? Siz 2015 yilda bunga yaqin edingiz, ammo shartnomani imzolash kechikishi tufayli hammasi barbod bo‘ldi. Hech bo‘lmaganda tibbiy ko‘rikdan o‘tganmisiz?
- Faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng, o‘sha kuni sodir bo‘lgan voqealar haqida gapiraman. Yakunda bu sodir bo‘lmadi va menimcha, sodir voqealarga sabab bor: men "Manchester Yunayted"da qoldim va men juda xursand bo‘ldim. Bu mening uyim va menimcha, hammasi yaxshi bo‘ldi.
Kurtua u yerga ko‘chib o‘tdi, u aynan mening ketishim tufayli "Atletiko" darvozaboni bo‘lib qolgandi. U juda yaxshi ish qildi va men u uchun xursandman" - dedi de Xea.