Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Davo hamda chiroy manbai

Davo hamda chiroy manbai

Petrushka dorivor va ziravor sifatida xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda keng ko‘lamda ishlatiladi. Abu Ali ibn Sino undan jigar kasalliklarini davolash uchun hamda peshob haydovchi dori sifatida foydalangan.

Osteoxondrozda petrushka ildizini kuniga ikki-uch marta chaynash kerak yoki kuniga bir oshqoshiq petrushka damlamasidan ikki mahal ichish tavsiya etiladi. Buning uchun ikki choyqoshiq quritilgan petrushka ildizi 400 millilitr suvda bir soat qaynatiladi.

Petrushka urug‘idan tayyorlangan damlama ham osteoxondroz bilan og‘riganda yaxshi naf beradi. Uch-to‘rt choyqoshiq petrushka urug‘ini 300 millilitr qaynagan suvga solib, o‘n daqiqa past olovda qaynatiladi. Kuniga bir oshqoshiqdan uch mahal ichiladi.

Petrushka damlamasi bilan olti-sakkiz oy davomida davolanish yaxshi natija beradi.

Adenoma va prostatitni davolashda petrushka urug‘ini kukun holiga kelguncha maydalash kerak. To‘rt choyqoshiq kukun ustiga bir piyola  qaynoq suv quyib, o‘n besh daqiqa qaynatib, tindiriladi. Kuniga to‘rt-besh marta, bir oshqoshiqdan ichiladi.

Qovoqlar qizarib, osilganda petrushka barglarini mayda kesib, dokadan tayyorlangan xaltachaga solinadi. So‘ng bir necha daqiqa qaynoq suvga solib qo‘yiladi. Ichidagi suyuqligi oqib ketgach, iliq xaltachalar uch daqiqa ko‘z ustiga qo‘yiladi. So‘ng olib tashlab, sovuq suvga botirilgan paxta qo‘yiladi. Bu usul ko‘z uyqusizlikdan qizarganda ham katta yordam beradi.

Soch to‘kilganda petrushka sharbati bosh terisiga surtiladi. Yoki bosh terisiga tuyilgan petrushka urug‘ini ishqalash ham yaxshi samara beradi. 30 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuvib tashlanadi. Yuvilgan sochlar petrushka damlamasi bilan chayilsa, yanada jilokor bo‘ladi.       

Manba: od-press.uz

Kiritildi: 22:48 02.11.2019. O'qildi: 2681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!