Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Davlat zaxirasidagi yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Davlat zaxirasidagi yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

📖Toshkent viloyati Parkent tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining raisi va 1970 y.t. shaxs davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini xaridorga 20 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali muhandisiga 2-3 ming dollar berish orqali yerning tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytishadi.

🕵️‍♂️Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mahalla raisi, kadastr muhandisi hamda 1970 y.t. fuqaro 17 ming AQSh dollari va 37 mln so‘m olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:55. O'qildi: 196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!