Hukumat qarori (541-son, 27.08.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizomga ko‘ra, Akademiyada quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
▪️ “Hududlarni kompleks rivojlantirish”;
▪️ “Davlat boshqaruvi”;
▪️ “Inson resurslarini rivojlantirish”;
▪️ “Davlat siyosati”;
▪️ “Davlat moliyasini boshqarish”.
✅ Akademiya magistraturasiga qabul davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
🏛 Akademiyaga davlat buyurtmasi bo‘yicha qabulni tashkil etish uchun nomzodlarni birlamchi saralab olish bo‘yicha idoraviy komissiya tuziladi.
📚 Nomzod Idoraviy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
➖ oxirgi 2 yillik faoliyati davomida amalga oshirgan ijobiy ishlari haqidagi ma’lumot;
➖ ma’lumotnoma-ob’ektivka;
➖ nomzodning qo‘shimcha erishgan yutuqlari: ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, xorijiy tillarni bilish sertifikati kabilar.
📝 Magistraturada o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar umumiy sonining, qoida tariqasida, kamida 30 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
📋 Akademiyada magistratura mutaxassisliklariga davlat buyurtmasi bo‘yicha tanlov 2 bosqichda, test sinovi va suhbat shaklida o‘tkaziladi.
📜 Qabul komissiyasi qarori bilan davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlarni Akademiya tinglovchiligiga qabul qilish rektorning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.