Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi eng yirik harbiy baza yaqinida joylashgan Karup aeroporti hududida tun davomida "bitta yoki ikkita dron" kuzatilgan.
"Hodisa fuqarolik reyslariga ta’sir ko‘rsatmagan, chunki ushbu aeroportda parvozlar unchalik ko‘p emas. Harbiy havo kuchlari bazasi vakillari xavfsizlik choralarini ko‘rganliklarini bildirdi, biroq hodisa tafsilotlarini oshkor etilmadi", deya yozmoqda Bloomberg.