Daniya hukumati 15 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlaydigan qonun loyihasini e’lon qildi. Bu qadam bolalarni zararli kontent va onlayn tijoratdan himoya qilishga qaratilgan.
Onlayn platformalar hamkorlik qilmasa, ularga global daromadining 6% gacha jarima solinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Daniyada 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 94% va hatto 10 yoshdan kichiklarning yarmi ijtimoiy tarmoqda akkauntga ega.