Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Daniya aerodromlari ustida kuzatilgan dronlar mamlakat havo infratuzilmasiga qilingan hujumdir

Daniya aerodromlari ustida kuzatilgan dronlar mamlakat havo infratuzilmasiga qilingan hujumdir

Bu haqda Daniya adliya vaziri Peter Hummelgor fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu butun Yevropada yuzaga kelayotgan juda xavotirli voqealar zanjirining bir qismi bo‘lib, bundan maqsad jamiyatni bo‘lish va qo‘rqitishdir.

Hummelgor Daniya tez orada dronlarni zararsizlantirish uchun “kuchaytirilgan vositalar”ga ega bo‘lishiga va’da berdi.

Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen mazkur hodisalar ortida kim turgani hozircha noma’lumligini, ammo bu tasodif emas, balki tizimli harakat ekanligini bildirdi. U bunday harakatlarning professional tayyorgarlikdan dalolat berishini va dronlar Daniyaga yaqin hududdan uchirilgani ehtimoli borligini ta’kidladi.

"Daniya harbiylari professional baholash va fuqarolarning xavfsizligi sababli dronlarni urib tushirmadi, ammo ular har qanday vaziyatga tayyor", — dedi Daniya Bosh shtabi rahbari Mixayel Hildgor.

Daniya mudofaa vaziri ushbu hodisa yuzasidan NATO'ga murojaat qilganini bildirdi. Shu bilan birga, Kopengagen NATO nizomining 4-moddasiga muvofiq boshqa a’zo davlatlar bilan maslahatlashuv o‘tkazish masalasini hali hal qilmaganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 21:15 25.09.2025. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!