Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Daniya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqladi

Daniya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqladi

Mamlakat hukumati 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha yangi qonun loyihasini e’lon qildi. Loyiha bolalarni zararli kontent va onlayn tijoratdan himoya qilishga qaratilgan.

Hukumat bu borada onlayn platformalarni hamkorlikka chaqirib, rad etganlarga global daromadlarining 6 foizigacha jarima solinishini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Daniyada 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 94 foizi, hatto 10 yoshdan kichiklarning yarmi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z akkauntlariga ega.

Kiritildi: 23:25 08.11.2025. O'qildi: 912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!