UFC prezidenti Dana Uayt sobiq chempion Konor Makgregor Oq uy hududida o‘tkaziladigan UFC turnirida jang qilishi mumkinligini aytdi.
"Konor qaytayotganini aytmoqda. U doping-pulda va o‘z ishini qilmoqda. Shug‘ullanish uchun barcha narsa bor. So‘nggi vaqtlarda biz u bilan muntazam aloqdamiz. U Oq uyda o‘tkaziladigan turnirda jang qilishni istamoqda. Ko‘ramiz. Biz fevralgacha janglar borasida ish olib bormaymiz", - dedi Dana Uayt.