Dam olish kunlarida esa respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.
Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shanba va yakshanba kunlari havo harorati kechalari 0…-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0…+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shamol g‘arbdan o‘rtacha tezlikda esadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda juma kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +1…+3 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba kuni asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushadi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol esadi.
Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.