Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, shu dam olish kunlari respublikada bahorgi beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro viloyatida va Navoiy viloyatining janubida faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati asosan kunduzi +22...+25 daraja atrofida bo‘ladi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda +20...+23 daraja atrofida, yakshanba kuniga kelib esa havo harorati +27...+30 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +13...+15, kunduzi +22...+24 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 21:43 01.05.2026. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!