Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Dam olish kunlari havo harorati+ 42 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati+ 42 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.

"O‘zgidromet" agentligining xabar berishicha, 13 iyundan boshlab respublika hududiga janubdan quruq va biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi, asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi va havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bugun kunduzi harorat 33-35 daraja bo‘ladi, dam olish kunlari 36-38 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 40-42 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 35 daraja atrofida, dam olish kunlari 36-38 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 16:14 13.06.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!