"Gazprom-Media" xoldingi bosh direktori o‘rinbosari, media-menejer Tina Kandelaki Ukrainada mamlakat Xavfsizlik xizmati tomonidan qidiruvga berilgan.
Bu haqda SBU ma’lumotlar bazasi xabar bermoqda.
Kandelaki Ukrainada 2022 yil martidan beri qidiruvda bo‘lib, unga "Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qilish" aybi qo‘yilgan.
Bundan tashqari, Kandelakining shaxsiy ma’lumotlari 2017 yildan beri Ukrainaning "Mirotvores" veb-saytining ma’lumotlar bazasiga Qrimga sayohatlar va Rossiya harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun kiritilgan.