Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari, mamlakatning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev yaqinda Rossiyaga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy qilinsa, Qo‘shma Shtatlarga qarshi urush ochish bilan tahdid qilgan edi.
"Menga Hindiston Rossiya bilan nima qilayotgani mutlaqo ahamiyatsiz. Ular o‘sha o‘lik iqtisodiyotlarini birga cho‘ktiraversinlar — menga baribir. Biz Hindiston bilan juda kam hamkorlik qilamiz, ularda boj stavkalari juda yuqori — dunyodagi eng yuqorilaridan biri. Xuddi shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan ham deyarli hech qanday hamkorlik qilmaydi. Keling, hammasi qanday bo‘lsa, shunday qolaversin.
O‘zini hanuz Rossiya prezidenti deb hisoblaydigan omadsiz, sobiq prezident Medvedevga yetkazing, tilini tiyib yursin. U juda xavfli hududga kirib kelyapti," — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.