Britaniyalik dahshatli filmlar yulduzi Barbara Shelli 88 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Hollywood Reporter”.
Aktrisaning agentining ma’lum qilishicha, Barbara COVID-19 asoratlardan vafot etgan.
Shelli "Mushuk ayol", "Rasputin: aqldan ozgan monax", "La’natlanganlar qishlog‘i ", "Gorgona", "Drakula: Zulmat shahzodasi" va boshqa ko‘plab kartinalarda rol o‘ynagan.
Umuman olganda, u 2000 yilgacha bo‘lgan faoliyati davomida 100 dan ortiq film va seriallarda suratga tushgan.