Moskvadagi ko‘p qavatli uylardan birida qizini ovqatsiz, suvsiz va axlatlar ichida tashlab ketgan ona qo‘lga olindi.
Xabarlarga ko‘ra, kvartiradan yolg‘iz topilgan qizda kasallik belgilari bo‘lgan. 5 yashar qizaloq kasalxonaga olib borilgan. Uning 47 yoshli farrosh bo‘lib ishlaydigan onasi esa qo‘lga olingan. Qo‘shnilarning aytishicha, oxirgi bir necha kun ayol uyida ko‘rinmagan. Qiz topilganida uyning ahvoli ayanchli edi. Ovqat ham, suv ham yo‘q, eng yomoni uy axlatlarga to‘lib ketgandi.