Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Dahshat! Ona ikki nafar qizini 4-qavatdan uloqtirdi, qizlarning ahvoli og‘ir

Dahshat! Ona ikki nafar qizini 4-qavatdan uloqtirdi, qizlarning ahvoli og‘ir

Rossiyada, Saratovda onasi tomonidan derazadan pastga uloqtirilgan ikki nafar qizning ahvoli og‘ir. Bu haqda RIA Novosti viloyat prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Saratov shahrida yashovchi ayol ko‘p qavatli uyning derazasidan besh va sakkiz yoshli ikki qizini pastga uloqtirgan, so‘ng o‘ziga pichoq urgan. Uchalasi ham kasalxonaga yotqizilgan. Hodisa yuzasidan ikki bolani o‘ldirishga uringan onaga qarshi ish ochildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol bolalarni to‘rtinchi qavatda joylashgan kvartirasining derazasidan tashlagan.

"Ona jarohatlangan, bolalarning ahvoli esa og‘ir", — deyiladi RIA Novostiga berilgan ma’lumotda.

Viloyat prokurori Sergey Filipenko nomidan ushbu hodisa yuzasidan bo‘lim tergov ishlarini boshladi, viloyat prokurori o‘rinbosari voqea joyiga bordi. Gubernator Valeriy Radayev jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha choralarni ko‘rishni, shuningdek, fojia sabablarini batafsil o‘rganishni buyurdi.

Kiritildi: 17:31 17.10.2020. O'qildi: 3363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!