Ma’lum qilinishicha, Namanganda homilador ayol kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi.
Ayol holatni quyidagicha izohladi.
"Ovqat qilayotgan paytimda gazballon yonib ketdi. Bu holat "plita" va gazballon o‘rtasida yuz berdi. So‘ngra tezda qo‘shnilarim shifoxonaga olib kelishdi. Farzandimni o‘zim jarrohlik amaliyotisiz dunyoga keltirdim. Farzandim sog‘lom",- deydi jarohatlangan ayol.
Shifokorning ma’lum qilishicha, ayol 70% kuyish jarohati bilan shifoxonaga kelgan.
"Ayol 35 haftalik homilador bo‘lganligi uchun zudlik bilan ginekolog chaqirildi. Hozirda ayol jarohatining 35% qismi bitish jarayonida. Butkul tuzalishi uchun 2 yil vaqt ketar ekan. Bolakayning ahvoli esa yaxshi",- deydi shifokor.