“Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (735-son, 21.11.2025 y.) qabul qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra, vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish va ro‘yxatga olishni raqamlashtirish, mazkur ishlarni elektron axborot tizimi orqali monitoring qilishga qaratilgan yangi elektron xizmatlar joriy qilinadi.
📲 2026 yil 1 iyunga qadar “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimining “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” moduli va uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.
📝 2026 yil 1 martdan vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlarining YAIDXP (my.gov.uz) dagi shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.
📑 Ushbu QR-kod tushirilgan ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi.
⏭️ 2026 yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha Toshkent shahrida eksperiment tariqasida dafn etish ishlarini amalga oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
🔹 qabriston mudiri (nazoratchisi) tomonidan vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish faqat elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
🔹 qabriston mudirlari (nazoratchilari) tomonidan dafn etish ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni qog‘oz shaklida yuritish tartibi bekor qilinadi.