Sudanning Omdurman shahrida harbiy samolyotning aholi yashash hududiga qulab tushishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 46 nafarga yetdi.
Bayonotda aytilishicha, seshanba kuni kechqurun Sudan armiyasiga tegishli samolyot harbiy bazadan parvoz paytida halokatga uchragan.
«Jarohatlanganlar kasalxonaga yetkazildi, o‘t o‘chirish guruhlari halokat joyida yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi», – deyiladi xabarda.
Guvohlarning aytishicha, samolyot qulagan paytda kuchli portlash ovozlari eshitilgan, voqea joyida bir qancha uylarga zarar yetgan.
Halok bo‘lganlar orasida Sudan armiyasi harbiylari, jumladan, brigada generali, Hartum harbiy okrugining sobiq qo‘mondoni Baxar Ahmad ham bor