Hokimiyat organlari AQShning Vashington shtatida avj olgan o‘rmon yong‘ini sababli 65 mingdan ortiq kishini o‘z uylaridan evakuasiya qildi.
Bu haqda "CNN" telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirga qadar olov Spokan okrugida 700 dan ortiq inshootni vayron qilgan, yong‘in maydoni esa 3 ming gektardan oshib ketgan.
Yong‘inni hozircha jilovlash (egallash)ning imkoni bo‘lmadi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar haqida hozircha xabarlar kelib tushmagan.