Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi eng yirik havo jangi 7 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.
CNN telekanali xabar berishicha, Hindiston va Pokiston zamonaviy tarixdagi eng yirik havo janglaridan birida ishtirok etgan.
"Pokiston va Hindiston qiruvchi samolyotlari o‘rtasidagi jang zamonaviy aviasiya tarixidagi eng yirik va eng uzoq davom etgan janglardan biri bo‘ldi", dedi Pokiston xavfsizlik xizmatining yuqori martabali vakili CNN telekanaliga.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, havo “jangida” har ikki tomondan jami 125 nafar jangchi qatnashgan.
Pokiston xavfsizlik manbalarining CNN telekanaliga ma’lum qilishicha, Pokiston havo kuchlari Hindiston hujumi chog‘ida beshta hind qiruvchi samolyoti va bitta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etilishicha, tomonlarning hech biri dushman havo hududini buzmagan, raketa zarbalari almashish esa ayrim hollarda 160 kilometrdan ortiq masofada sodir bo‘lgan.