30-sonli ixtisoslashtirilgan bog‘chada sodir bo‘lgan ayni holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Aniqlanishicha, bolalarga beshafqat munosabatda bo‘lgan tarbiyachilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan hamda ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilgan.
Qayd etilishicha, mazkur ixtisoslashtirilgan mtt hozirda ta’mirlanmoqda. Shu sabab bolalar vaqtincha yaqin hududdagi boshqa bog‘chaga joylashtirilgan bo‘lib, holat aynan ushbu vaqtinchalik bog‘chada sodir bo‘lgan.