Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Chirchiqda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan 2 ta MCHJ aniqlandi

Chirchiqda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan 2 ta MCHJ aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Chirchiq shahrida joylashgan "H.G.M." MCHJga qarashli binoda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 685,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Shu kabi holat ushbu hududdagi “CH.Y.N.S.” MCHJga qarashli ob’ektda ham o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, 565,6 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!