Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Chinozdagi klasterdan farg‘onalik ayollarning ish haqi olib berildi

Chinozdagi klasterdan farg‘onalik ayollarning ish haqi olib berildi

"Daryo.uz" saytida Chinozdagi paxta klasteri dala maydonlarida mehnat qilgan farg‘onalik bir nechta ayollarning oylik ish haqi berilmayotganligi to‘g‘risidagi xabar chiqqandan so‘ng, Chinoz tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruh vakillari mazkur vaziyatni shu kunning o‘zida joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganib chiqdi hamda mavjud muammoga ijobiy yechim topildi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva AOKAda o‘tgan brifingda ma’lum qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi bir guruh xotin-qizlar joriy yilning may oyidan boshlab Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Textile Technologies Group kompaniyasi muassisligidagi APK Chinoz paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasteri dala maydonlarida og‘zaki shartnoma asosida ish boshlagan.

Shu yilning 5 avgustida ishchi xotin-qizlar tomonidan belgilangan ishlar bajarib bo‘lingan bo‘lsa-da, APK Chinoz paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasteri rahbariyati tomonidan o‘zaro og‘zaki kelishilgan ish haqi to‘lanmay kelinayotgani ma’lum qilingan.

Joriy yilning 18 avgust kuni APK Chinoz unitar korxonasi tomonidan farg‘onalik 15 nafar ishchi xotin-qizlarga jami 69 mln 550 ming so‘m ish haqi to‘lab berildi.

Kiritildi: 12:08 20.08.2020. O'qildi: 2222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!