Evrokomissiya Ukraina qonunchiligining Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiqligini tekshirish Yevropa Ittifoqi uchun misli ko‘rilmagan tezlikda o‘tayotganini ma’lum qildi.
Bu haqda Yevrokomissiya vakili Giyom Mersiyer ma’lum qildi.
Mersiyerning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqini kengaytirish jarayoni ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda va Ukraina a’zolik yo‘lida barqaror taraqqiyotni namoyish etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya ekspertlari va Ukraina tomoni o‘rtasidagi yaqin hamkorlik tufayli skrining jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
"Evropa Ittifoqi Kengashida muhokama davom etmoqda. Komissiya o‘z navbatida Ukrainaga har tomonlama - texnik, siyosiy va moliyaviy yordam ko‘rsatadi", - deya ta’kidladi Yevrokomissiya vakili.